Bosh sahifa

Maxfiylik siyosati

Qanday ma'lumotlarni yig'amiz va ulardan qanday foydalanamiz.

Qanday ma'lumotlar yig'iladi

Ro'yxatdan o'tishda: ism, email yoki telefon raqami. Buyurtma berishda: yetkazish manzili va aloqa ma'lumotlari. Shuningdek siz yaratgan dizaynlar hisobingizda saqlanadi.

Nima uchun ishlatiladi

Ma'lumotlaringiz faqat buyurtmani qabul qilish, tayyorlash, yetkazish va siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi. Reklama tarqatish uchun uchinchi shaxslarga berilmaydi.

Saqlash va xavfsizlik

Ma'lumotlar himoyalangan serverda saqlanadi. Parollar shifrlangan ko'rinishda saqlanadi — ularni hech kim, jumladan biz ham ko'ra olmaymiz.

Sayt statistikasi

Sayt qanday ishlatilayotganini bilish uchun sahifa ochilishlarini o'z serverimizda hisoblaymiz: qaysi sahifa ochildi, qayerdan kelindi (qidiruv tizimi, ijtimoiy tarmoq yoki to'g'ridan-to'g'ri), qurilma turi va sayt tili. Bu faqat saytni yaxshilash uchun kerak.

IP manzilingiz saqlanmaydi. Tashrifchilarni bir-biridan ajratish uchun brauzeringizga tasodifiy raqam yoziladi (pb_vid cookie) — u shaxsingizga bog'lanmagan. Hisobingizga kirgan bo'lsangiz, ochilgan sahifalar hisobingiz bilan bog'lanadi.

Bu hisob to'liq bizning serverimizda yuritiladi va bir yildan so'ng avtomatik o'chiriladi. Bundan tashqari Yandex Metrica xizmati ham ishlatiladi — quyidagi bo'limga qarang.

Uchinchi tomon xizmati — Yandex Metrica

Saytdan qanday foydalanilayotganini chuqurroq tushunish uchun Yandex Metrica xizmatidan foydalanamiz. U cookie orqali anonim ma'lumot yig'adi (qaysi sahifalar ochildi, qayerdan kelindi, qurilma va brauzer turi) va uni Yandex serverlariga yuboradi.

Xizmat sahifadagi harakatlarni — sichqoncha yo'li, bosishlar, sahifani aylantirish — yozib olishi mumkin. Ism, telefon, manzil, email va parol kiritiladigan maydonlar yozuvdan chiqarib tashlangan: ular o'rniga yulduzchalar ko'rinadi.

Yandex shartlari: yandex.com/legal/confidential. Brauzeringizdagi cookie'ni tozalash yoki kuzatuvni bloklovchi kengaytma orqali bu yig'ishni to'xtatishingiz mumkin — sayt baribir ishlayveradi.

Cookie fayllar

Zaruriy: sessiya cookie'si — hisobingizga kirganingizni va savatchangizni eslab qoladi. Usiz sayt ishlay olmaydi.

Qulaylik: pb_lang — tanlagan tilingizni eslab qoladi.

Statistika: pb_vid — anonim tashrif belgisi (yuqoridagi bo'limga qarang). Uni brauzer sozlamalaridan o'chirsangiz ham sayt ishlayveradi.

Huquqlaringiz

Hisobingiz va ma'lumotlaringizni o'chirishni istasangiz, Telegram orqali murojaat qiling — barcha shaxsiy ma'lumotlaringiz o'chiriladi.